Ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash va davolash. Biz oshqozon, ichaklar, jigar, o't pufagi va me’da osti bezining sog‘lig‘ini yaxshilashga yordam beramiz.
Oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi va yaralanishi.
O‘t pufagi kasalliklari
O‘t toshlari, o‘t yo‘llari yallig‘lanishi va disfunktsiyasi.
Jigar kasalliklari (gepatit, yog‘li gepatoz)
Jigar faoliyatining buzilishi va uning oqibatlari.
Ichak kasalliklari (kolit, disbakterioz)
Ichakning yallig‘lanishi, mikroflora buzilishi va og‘irlik hissi.
Me’da osti bezi kasalliklari (pankreatit)
Ovqat hazm qilish fermentlari ishlab chiqarishdagi muammolar.
Yuqori sifatlisog‘liqni saqlash xizmatlari
Bizning klinikamiz zamonaviy texnologiyalar va tajribali mutaxassislar orqali bemorlarga yuqori darajadagi tibbiy yordamni taqdim etadi. Har bir bemor biz uchun muhim – biz sog‘lig‘ingizni tiklash va saqlash yo‘lida eng samarali va yangicha uslublardan foydalanamiz.
Suyaklar, bo‘g‘imlar va ichki a’zolardagi shikastlanish yoki o‘zgarishlarni aniqlash uchun aniq va tezkor diagnostika usuli. Ayniqsa travmatologik holatlarda qo‘llaniladi.